O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 16-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 204 nafarga ko‘payib, 14 991 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida, 126 nafari Toshkent shahrida, shundan 39 nafari aholi orasida, 34 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda 8655 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6263 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 53 yoshli erkak koronavirusdan vafot etib, O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 74 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар