O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 milliondan oshdi

O‘zbekistonda 15-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami 1 011 660 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 438 86 nafari — 2020-yil bitiruvchilari. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Shundan ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi – 586 612 nafar;
  • Sirtqi –  404 111 nafar;
  • Kechki –  20 779 937 nafar.

Hududlar miqyosida:

  • Toshkent shahri – 274 220 nafar;
  • Samarqand viloyati – 98 303 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 79 482 nafar;
  • Andijon viloyati – 78 628 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 65 959 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 62 249 nafar;
  • Namangan viloyati – 55 273 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 53 858 nafar;
  • Toshkent viloyati – 53 850 nafar;
  • Jizzax viloyati – 48 076 nafar;
  • Buxoro viloyati – 42 966 nafar;
  • Xorazm viloyati – 38 736 nafar;
  • Navoiy viloyati – 31 109 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 28 950 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tilida –  888 519 nafar (88,3%)
  • Rus tilida –  95 544 nafar (9,2%)
  • Qoraqalpoq tilida – 27 420 nafar (2,3%)
  • Boshqa tillarda –   2 177 nafar (0,2%).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

  • Samarqand davlat universiteti – 53 700 nafar;
  • Andijon davlat universiteti –   43 014 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti –  39 750 nafar;
  • Namangan davlat universiteti –  37 263 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti – 36 665 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Янгиликлар