Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 16-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 13:45 da Tojikistonda zilzila sodir bo’ldi.

Zilzila koordinatalari shimoliy kenglik bo‘yicha 39,23 gradus, sharqiy uzunlik esa 71,73 gradusni tashkil etgan.

Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa janubi-sharqiy yo’nalish bo’yicha 311 km.

Yer silkinishi bo‘yicha O’zbekiston hududida:

Namangan – 197 km, 2 ball;

Andijon – 180 km, 2 ball;

Farg’ona – 128 km, 2 ball.

Avvalroq Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekiston hududida sezilgani haqida xabar berilgandi.