Andijonda yana 25 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Andijonda 17-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, yana 25 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 15 482 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Undan tashqari, yangi kasallanish holatlarining:

  • 25 nafari karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida;
  • 22 nafari Samarqand viloyatida;
  • 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli va koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 14 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6622 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 62 yoshli ayol vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 77 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар