Farg‘onada xotinini rashk qilib, qo‘shnisiga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatida 2020-yilning 29-iyun kuni xotiniga nisbatan iliq munosabatda bo‘lganligi uchun qo‘shnisiga tan jarohati yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Beshariq tumanida yashovchi 41 yoshli D.P. soat 20:00 da  qo‘shnisi 42 yoshli R.I. bilan o‘zining yashash hovlisiga kirib, turmush o‘rtog‘i bilan qo‘l uzatib so‘rashmoqchi bo‘lganda o‘zaro og‘zaki tortishib qolgan. Tortishuv davomida beton zina ustida turgan I.R.ning yelkasiga ikkala qo‘li bilan qasddan urib, itarib yuborgan. Oqibatda I.R. zinadan yerga yiqilib, tan jarohati olgan.

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, I.R. og‘ir tan jarohat olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgani va Surxondaryoda erkak qo‘shni ayolning bo‘yniga pichoq urgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар