Namanganda “Damas” va “Jiguli” to‘qnashuvi oqibatida bir kishi jarohat oldi

Namanganda “Damas” va VAZ-21063 (“Jiguli”) ishtirokida YTH sodir bo‘lib, oqibatda “Damas” haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Yangiqo‘rg‘on-Kalishoh yo‘lining 34-kilometrida  15-iyul kuni soat 15:30 atrofida Chortoq tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-21063 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Oqibatda o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1964-yilda tug‘ilgan fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan “Damas” bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida “Damas” haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o‘ng son suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida yuz bergan YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgan edi.

Avvalroq Buxoroda “tez yordam” yuk mashinasiga urilishi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgani va Uychi tumanida bir kunda 2 ta YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар