O‘zbekistonda qancha odam to‘yib ovqatlanmasligi ma’lum qilindi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonning “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014-yildan boshlab New Food Balance Sheet asosida qayta hisoblab chiqildi. Bu haqda FAOning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qayta hisoblash natijasida ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekistonning to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 2016—2018-yillar uchun 2,8% (0,9 million kishi) va oxirgi 2017—2019-yillar uchun 2,6% (0,8 million kishi)ni tashkil etdi.

Bundan avval FAO xalqaro tashkiloti 2019-yilgi hisobotida O‘zbekiston 2016—2018-yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3% (2,0 million kishi) ko‘rsatkichi bilan Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1%) va Turkmaniston (5,4%)dan keyingi o‘rinda turishi ma’lum qilingandi.

2020-yil 13-iyuldan boshlab O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichi qayta ko‘rib chiqildi va ijobiy tomonga o‘zgarishlar FAOning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, FAO xalqaro tashkiloti tomonidan muntazam ravishda e’lon qilib boriladigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichi xalqaro miqyosda mamlakatning aholi turmush darajasi haqida muhim ma’lumot hisoblanadi.

Янгиликлар