Andijonda issiq kunlardan so‘ng sel kelishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 18—19-iyul kunlari Andijonda kutilayotgan sel xavfidan ogohlantirdi.

Foto: “New Scientist”

Qayd etilishicha, shu kunlarda kutilayotgan lokal (mahalliy) yomg‘irlar munosabati bilan Andijon viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Hodisa tufayli noxush holatlar yuzaga kelganda Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1050 qisqa raqamiga murojaat qilish lozim.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyulda havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda o‘zgarib turishi xabar qilingan edi. Shu kuni shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.

Янгиликлар