Namanganda shanba—yakshanba kunlari avtomashinalar harakatining cheklovi sabab shahar ko‘chalari bo‘shab qoldi (foto)
Namangan viloyati hokimligi qaror bo‘yicha 18-iyul shanba kunidagi shahar ko‘chalari holati tasvirlangan fotojamlanmani taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 18—19-iyul hamda 25—26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining harakati to‘liq to‘xtatilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:
– maxsus ruxsatnomasi bor mashinalar;
– maxsus ruxsatnomasiz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtomashinalar.
Avvalroq Namanganda 18-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani, viloyatda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida infeksiya aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, 17-iyul holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida infeksiya qayd etilgan bemorlarning 329 nafari sog‘aygan.