O‘zbekistonda fuqarolarning armiyaga safarbarlik chaqiruvi rezervi vaqtinchalik to‘xtatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tavsiyasiga asosan safarbarlik chaqiruvi rezervi oylik yig‘inlarini o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Mudofaa vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 7-iyuldagi tegishli qaroriga asosan 10-iyul kunidan respublikada karantin cheklovlari joriy etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda hududlardagi vaziyatga qarab, karantin choralari kuchaytirilishi yoki yumshatilishi mumkinligi,13-iyuldan mahalliy poyezd va aviaqatnovlar to‘xtatilib, qo‘shimcha karantin qoidalari kuchga kirgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар