Shavkat Mirziyoyev yana bir bor xalqqa murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishida o‘zbek xalqiga yana bir bor murojaat qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Murojaatda pandemiya davrida hushyorlikni yo‘qotmaslik, mas‘uliyatni bo‘shashtirmaslik haqida ham so‘z bordi.

“Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun, avvalo, o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa.

Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz”.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Avvalroq davlat rahbari o‘zining avvalgi chiqishlarida pandemiyaga qarshi kurash strategiyasi va taktikasini tubdan o‘zgartirish kerakligi haqida gapirgan edi.

Янгиликлар