Toshkentda koronavirusga chalingan 3 nafar bemor hamroh kasallikdan vafot etdi. Jami o‘limlar soni 80 taga yetdi

Toshkentda koronavirus yuqtirib olgan 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

78-o‘lim: Toshkentda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi.

Yunusobod tumanida yashagan A.X.da 5-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

79-o‘lim: Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 59 yoshli bemor vafot etdi.

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan B.S.da 9-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va u 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, diabetik nefropatiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikasiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, koronar qon tomirlarni stentlashdan keyingi holat (2008-, 2012-yillarda), gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Reanimatsion choralarga qaramay, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi sababli vafot etdi.

80-o‘lim: Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 67 yoshli bemor vafot etdi.

N.S.da (erkak) 14-iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi mavjudligi tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq Toshkentda 62 yoshli bemor vafot etgani va qurbonlar soni 77 taga yetgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар