Buxoroda 19-iyul kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi
“O‘zgidromet” 19-iyul, yakshanba kuni Buxoro viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Foto: “Pravda Vostoka”
Qayd etilishicha, shu kuni havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 22—27 daraja, kunduzi 37—42 daraja boʻladi.