Buxoroning ba’zi hududlariga gaz yetkazib berish 20-iyul kuni vaqtinchalik to‘xtatilishi ma’lum qilindi

Buxoro shahar gaz ta’minotida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan 20-iyul kuni ertalab soat 6:00 dan 18:00 gacha Buxoroning ba’zi hududlariga gaz yetkazib berish butunlay to‘xtatiladi. Bu haqda “Buxoroshahargaz” xizmati ma’muriyati “TezNews”ga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahar “Navro‘z”, “Bunyodkor”, “Zarafshon”, Amir Temur, “Piridastgir”, “Shodlik”, Razzoq Xamroyev, “Gulshan”, “Varaxsha”, O.Xo‘jayev, “To‘qimachi”, “Foshun”, “Do‘stlik”, “Istiqlol”, “Yoshlik”, “Navbahor”, “Namozgoh”, B.Naqshband, “Afshor” mahalla, Mahmud Tarobiy, “Losha”, “Gulshanobod”, “Bog‘idasht”, Xo‘ja G‘unjoriy, “Jo‘bor”, “Xavzi Nav”, “Shergiron” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlariga qarashli barcha ko‘chalarda joylashgan aholi xonadonlari va ulgurji tashkilotlarga tabiiy gaz yetkazib berish soat 6:00 dan 18:00 gacha to‘liq to‘xtatiladi.

Avvalroq Buxoro shahrining G‘afur G‘ulom, Fayzulla Xo‘jayev, Mirzo Ulug‘bek, Al-Buxoriy nomlaridagi va “Yangiobod” mahallalarining ayrim ko‘chalari elektr energiyasi ta’minotidan uzilishi, “Avshormahalla”, Mahmud Tarobiy va Bahouddin Naqshband nomli mahallalarida elektr vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар