Dunyoda kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajaga yetdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kuniga COVID-19 kasalligi bilan kasallanganlar soni bir sutkada 259,8 ming kishiga ko‘paydi.

Foto: “Reuters”

Ma’lum qilinishicha, bu bir kunda aniqlangan yangi holatlar ichida rekord ko‘rsatkichdir. So‘nggi maksimal ko‘rsatkich 18-iyul kuni qayd etilgandi. Shu kuni 237,7 ming kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

Kunlik koronavirus bilan kasallanish holatlarining eng ko‘pi AQShda aniqlangan. Amerikada kun bo‘yi 71,4 ming kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Braziliya va Hindiston 45,4 ming va 34,8 mingta yangi holat bilan keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Ma’lumot uchun 19-iyul 15:00 holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 446 849 kishini tashkil etmoqda. Shulardan 8 631 736 kishi sog‘aygan. O‘lim holatlari 605 356 taga teng.

Янгиликлар