G‘afur G‘ulom bog‘i 49 yilga berilgan “xorijiy” investor toshkentlik bo‘lib chiqdi

Toshkent shahar hokimligi Gʻafur Gʻulom bog‘i borasida shahar aholisi o‘rtasida tarqalgan turli mish-mishlar ortidan ushbu masalaga tushuntirish bergan edi.

Foto: “Uzdaily”

Unga ko‘ra, G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘i 49 yilga “BMP Smart Decision Private Limited” xorij kompaniyasiga modernizatsiya qilish va jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy park barpo qilishga oid investitsion majburiyat bilan berilgan.

Foto: “UzNews”

“UzNews”ning yozishicha, Singapurdagi kompaniyalar reyestridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kompaniya asoschisi — toshkentlik Sherzod Halimov.

Ma’lumotlar bazasida qayd etilishicha, kompaniya 1000 Singapur dollari (taxminan 700 AQSh dollari) miqdoridagi boshlang‘ich kapital bilan ochilgan. Kompaniyada ikki kishi (Singapur fuqarolari) rasman ishlaydi.