O‘zbekistonda pandemiya davrida kimlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yuqoridagi holatlardan tashqari, Mehnat kodeksida belgilangan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi holatlari mavjud bo‘lganda pandemiya davrida ham ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.

Avvalroq koronavirusga chalinib, iste’foga chiqqan qirg‘izistonlik sobiq deputat mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatni tanqid qilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар