Koronavirus pandemiyasi bo‘yicha 21-iyulning asosiy xabarlari. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni dunyo bo‘yicha 610 ming kishidan ortdi, infeksiya bilan kasallanganlar esa 15 million kishiga yaqinlashdi.
Jons Hopkins universitetining Toshkent vaqti bilan soat 17:30 dagi ma’lumotlariga ko‘ra:
dunyo bo‘yicha infeksiya bilan kasallanganlar — 14 729 037 kishi;
kasallikdan tuzalganlar — 8 323 093 kishi;
infeksiya oqibatida vafot etganlar — 610 565 kishi.
O‘zbekistonda 21-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 165 kishiga ko‘payib, 17 755 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. O‘zbekistonda epidemiya boshlanganidan buyon 93 kishi vafot etgan.
O‘zbekistondagi vaziyat
Toshkentviloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralar ishga taklif qilinmoqda. Ma’lum qilinishicha, 14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘onaviloyatiga 19-iyul kuni Janubiy Koreyadan koronavirus infeksiyani aniqlovchi 4 mingta ekspress-test olib kelindi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur test natijasi 5-10 daqiqada ma’lum bo‘ladi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Janubiy Koreyaga qilgan xizmat safari chog‘ida koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlarni viloyatga olib kelish borasida kelishuvga erishgan. 19-iyul, yakshanba kuni test to‘plamlarining dastlabki qismi viloyatga olib kelingan.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barcha shahar va tumanlarga 20 dona maxsus ixtisoslashgan tez yordam avtomashinalari olib berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinchi navbatda, faoliyati to‘xtatilishi oqibatida daromadsiz qolgan yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti uyushmalarining malakali haydovchilari jalb etilishi yuzasidan vazifalar qo‘ydi.
Foto: Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Samarqandviloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi shahardagi poliklinika xodimlarida koronavirus aniqlangan bo‘lsa ham, test olinmayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bir muddat avval OAVda ushbu poliklinikadagi boʻlimlarning biridagi shifokorlarda koronavirus aniqlangani, ular orasida boʻlim boshliqlari ham, hamshiralar ham borligi haqida xabar tarqalgandi.
O‘zPFL koronavirus tarqalishini sir tutayotgan klublarga nisbatan SEOA bilan hamkorlikda ish ochilishini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, Superliganing uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda o‘ndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor. Mazkur holat Superliga uchrashuvlarini qayta tiklash oldidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan yo‘riqnoma shartlariga klublar tomonidan rioya qilish sustlashganini anglatadi.
O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi. Vazirlik matbuot xizmati podpolkovnikning o‘limi sababiga aniqlik kiritmagan.
Foto: Ichki ishlar vazirligi
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi vafot etgan 42 yoshli podpolkovnik Abdulaziz Toshevning oʻlimiga koronavirus sabab boʻlganini tasdiqlagan edi. Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Shomahmudov va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nafasov koronavirus oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.
Alisher Qodirov Foto: “O‘zA”
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov 21-iyul, seshanba kuni o‘zining Telegram’dagi kanalida xorijdan o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatib, ularni turgan mamlakatida davolashni moliyalashtirish kerakligini yozib qoldirdi. “Yana bir yangi shtamm xalqimiz uchun juda og‘ir bo‘ladi”, — deyiladi Alisher Qodirov xabarida.
Rasul Kusherbayev. Foto: Xalqaro press-klub
Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev esa “erkatoy” monopolistlarning “bezbetlarcha” katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotgani sabab asabi taranglashganini ma’lum qilgan.
O‘rta Osiyodagi vaziyat
Qozog‘istonda 21-iyul mahalliy vaqt bilan soat 11:30 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 73 468 nafarni tashkil qilmoqda. Qozog‘iston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyoda peshqadam bo‘lib turibdi. Bemorlarning 45 376 nafari to‘liq sog‘aygan, 585 nafari vafot etgan. Shuningdek, o‘tgan bir sutka davomida 1630 ta yangi holat qayd etilgan.
Foto: “Nur.kz”
Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat yig‘ilishida vazir va hokimlarga ko‘rsatmalar bergani xabar qilingandi. U mahalliy kasalxonalarni ehtiyojga qarab, sun’iy nafas olish apparatlari bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Qirg‘izistonda 21-iyul mahalliy vaqt bilan soat 11:30 holatiga ko‘ra, 28 251 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Bemorlarning 14 776 nafari sog‘ayib, 1079 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Hozirda mamlakatda 12 396 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Qirg‘izistonda so‘nggi 24 soat ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 601 kishiga ko‘paygan, 42 nafar bemor vafot etgan.
Foto: “Kloop.kg”
Avvalroq Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Avifavir” dori vositasi koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga foyda bermasligini aytgani haqda xabar berilgandi.
Tojikistonda 21-iyul mahalliy vaqt bilan soat 11:30 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 6921 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 5629 nafari koronavirusdan to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 57 nafari vafot etgan.
Foto: “Asia-plus”
Avvalroq Tojikiston prezidenti yordamga muhtoj fuqarolarga bir martalik yordam puli berish bo‘yicha qarorni imzolagani ma’lum qilingandi.
Turkmaniston Markaziy Osiyoda koronavirus rasman qayd etilmagan yagona davlat bo‘lib turibdi. Ayni paytga qadar mamlakatda birorta holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan. Avvalroq Turkmanistonga tashrif buyurgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining missiyasi mamlakat hukumatiga hududda koronavirus infeksiyasi aniqlangandek ish tutishni tavsiya qilgani haqda xabar berilgandi.
Foto: “Xronika Turkmenistana”
“Xronika Turkmenistana” nashriga ko‘ra, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi havoda o‘pka to‘qimalarini zararlovchi chang zarralari ko‘payganidan ogohlantirmoqda.
Jahondagi vaziyat
Rossiyada 21-iyul mahalliy vaqt bilan soat 11:30 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 783 328 nafarni tashkil qilmoqda.
Foto: “Kommersant”
Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSh, Braziliya va Hindistondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Bemorlarning 562 384 nafari sog‘aygan, 12 580 nafari vafot etgan. Shuningdek, o‘tgan bir sutka davomida 5842 ta yangi holat aniqlangan.
JSST sobiq eksperti dunyoning 80% aholisi vaksinasiz qolishini aytdi. “Dunyo mamlakatlari ikki guruhga bo‘linadi: vaksinasi borlar va vaksinasi yo‘qlar. Kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan, sog‘liqni saqlash tizimi ko‘p sonli aholiga qiyinchilik bilan xizmat ko‘rsatadigan davlatlar qanaqa vaksina oladi?” — deydi u.