Namanganda 11 nafar fuqaroning 200 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan bank xodimlari qo‘lga olindi

Namangan shahrida 11 nafar fuqaroning nomiga ularning ruxsatisiz kredit rasmiylashtirib, 200 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan bank xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Tez News”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.D.” MChJ rahbari D.I. AT “Xalq banki” Namangan viloyati filiali mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, rasmiy hujjatlarni takroran qalbakilashtirish orqali 11 nafar fuqarolar nomiga 200 million so‘mlik kredit mablag‘larini ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari D.I. va filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotganligi ma’lum qilindi.

Avvalroq Namanganda fuqarolarning 544 million so‘m kredit pulini talon-toroj qilgan mansabdorlar aniqlangani xabar qilingandi.

Янгиликлар