Namanganda 42 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 17 590 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 42 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda iyul oyida umumiy hisobda 286 kishi ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Qayd etish joiz, 20-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, viloyatda infeksiyadan sog‘ayganlar soni 384 nafarni tashkil etgan.

Avvalroq Namanganda 26 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар