O‘zbekistonning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi jahon reytingida pastladi
O‘zbekiston dunyo mamlakatlarining elektron hukumatni rivojlantirish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona pastladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.
Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati
BMTning elektron hukumatlarni taraqqiy ettirish darajasi bo‘yicha yangi sharhida (UN E-Government Survey) O‘zbekiston 193 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.
Sharhning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichiga ko‘ra, elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index, EPI)da O‘zbekiston 59-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarilib, o‘z pog‘onasini 13 ta punktga yaxshiladi hamda 0,80 indeksi bilan EPI darajasi yuqori davlatlar guruhiga kirdi.
Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati
Ma’lumot o‘rnida, elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) uchta kichik indeksdan shakllanadi:
- Telekommunikasiya infratuzilmasi indeksi;
- Inson kapitali indeksi;
- Onlayn-xizmatlar indeksi.
Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati