Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi Farg‘ona vodiysida sezildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 21-iyul, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:08 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Foto: Global Look Press

Zilzila 40,17 gradus shimoliy kenglik, 71,46 gradus sharqiy uzunlikda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan bo‘lib, zilzila markazida uning magnitudasi 3,8 ballga yetgan. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 225 kilometrni tashkil etadi.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 94 km, 2 ball;
  • Andijon: 101 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 36 km, 4 ball.

Avvalroq Tojikistondagi va Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар