Samarqandda hafta davomida harorat kunduzi 40 darajagacha issiq bo‘ladi
“O‘zgidromet” hafta davomida Samarqand viloyatida qanday ob-havo kutilayotgani haqda xabar berdi.
![](/wp-content/uploads/2020/07/062420-HeatWave-scaled-1.jpg)
Foto: Oil City News
Unga ko‘ra, ish haftasi mobaynida — 20—24-iyul kunlari ob-havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
“Harorat fonining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bu bizning mintaqa uchun anomal harorat emas. Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019-yil 20-iyulda qayd etilgan, o‘shanda havo 47,7 darajani tashkil etgan”, — deb yozadi “O‘zgidromet”.