Surxondaryoda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida “Damas” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyatida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida “Damas” rusumli avtomashina kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot xizmati “TezNews.uz”ga xabar berdi.

Foto: FVV

Ma’lum qilishlaricha, Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-g‘ur” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Amuzang kanaliga 20-iyul kuni soat 08:25 lar atrofida fuqaro T.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqqan. Transport vositasi kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritilgan va tezkor harakatlar natijasida avtomashina suvdan olib chiqilgan.

Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.

Янгиликлар