Yunusobodda ishga kiritib qo‘yish evaziga 400 dollar talab qilgan soliq xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Tez News”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori K.J. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro Y.M.ni Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat soliq inspeksiyasiga yordamchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 400 dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namangan shahrida firibgar ayol 800 AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushgani haqda xabar berilgandi. Shuningdek, Namanganda 18-iyul kuni fuqaro A.T. o‘zining “M.S.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 5 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lib, pora olgan vaqtida qo‘lga olingan.