Buxoroda koronavirusga chalinganlarni davolash maqsadida 600 mln so‘mlik kislorod konsentratorlari xarid qilindi
Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlarda kislorod ta’minotini yaxshilash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan har biri 12 million so‘mlik 50 dona tibbiyot konsentratorlari xarid qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, undagi bir necha kunlik davo muolajalari bemorning favqulodda o‘lim xavfini keskin kamaytiradi. Shuningdek, bemorlarda normal uyquni ta’minlash xususiyatiga ega.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 nafarga ko‘payib, 18 379 nafarni tashkil etmoqda.