O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 484 085 nafarga yetdi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Foto: “Uzdaily.com”

DTM matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu o‘quv yilida Samarqand davlat universiteti eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasasi deb topilgan. Universitetga jami 75 325 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 32 903 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 38 042 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 4 380 nafar.

Ta’kidlanishicha, Qarshi davlat universiteti 58 118 nafar abituriyent bilan ikkinchi, Andijon davlat universiteti esa 57 498 nafar abituriyent bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Avvalroq Davlat test markazi ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlarga murojaat qilgandi. Ma’lum qilinishicha, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish 20-iyundan 20-iyulga qadar onlayn tarzda amalga oshirildi. Barcha hududlarda DTMning rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, respublikaning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat qabul qilingan.

Янгиликлар