O‘zbekistonda bir kechada 290 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar 18 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 18 171 (+290) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 61 nafar Andijon viloyatida;
  • 50 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 16 nafari Namangan viloyatida;
  • 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 9521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (52 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 8554 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmasligi, virusga chalingan bemorlarga bepul tarqatiladigan dorilar oilaviy poliklinikalar tomonidan yetkazib berilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар