O‘zbekistonda kuchli ta’sir etuvchi dorilarni retseptsiz sotganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddalariga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 186-3 moddasiga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi. Ushbu harakatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Avvalroq koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan “Plakvenil” dorisi yurakning to‘xtashigacha olib kelishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар