Qashqadaryo hokimi viloyatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi (foto)

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tuman va shaharlardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Shahrisabz shahri, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlariga tashrif buyurib, hududlarda mas’ul hokimlik va idoralar tomonidan COVID-19’ga qarshi ko‘rilayotgan choralar va Call-markazlar faoliyati bilan tanishgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shahrisabz shahrida joylashgan O‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazining viloyat filialiga Germaniya va Rossiyada  ishlab chiqarilgan 3 ta polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) zamonaviy laboratoriya uskunasi foydalanish uchun topshirilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi shu hafta ichida barcha shahar va tumanlarda bo‘lib, joylarda dori-darmon va yotoq o‘rinlari zaxirasi, tez tibbiy yordam xizmati, ehtiyojmandlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak, pandemiya davrida ishlayotgan korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishadi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham viloyat fuqarolariga murojaat qilgan. Uning ta’kidlashicha, viloyatda koronavirusga qarshi qo‘llanadigan 49 xil dori-darmonning 3 oylik zaxirasi mavjud. Shuningdek, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov viloyatda 110 ming bemorga yetadigan 49 turdagi dori vositalari zaxirasi shakllantirilganini ma’lum qilgan.