O‘simliklar uchun qo‘yilgan konsert, kinoteatrda o‘tirgan minyonlar, kitob ko‘targan namoyishchi. 22-iyun suratlari
Indoneziyaning Karo okrugida o‘tib ketayotgan avtomobilni dezinfeksiyalayotgan erkak.

Foto: Shutterstock
Fransiyaning Parij shahrida minyonlar qayta ochilgan kinoteatrda ijtimoiy masofani saqlashga yordam bermoqda.

Foto: Reuters
Janubiy Afrikaning Soueto shahrida yo‘lovchilar taksichilarning hukumatga qarshi namoyishi sabab avtobus kutishga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Reuters
Ispaniyaning Barselona shahridagi Gran-teatre del Liseu teatrida o‘rindiqlarga qo‘yilgan o‘simliklar. Ular uchun yaqinda qayta ochilgan opera konserti qo‘yilmoqda.

Foto: Reuters
Angliyaning Nortumberlend shahrida kezib yurgan kumushrang bulutlar.

Foto: PA
Angliyaning Uokingem shahridagi Xolt maktabida shanba kuni pichoqlanish natijasida vafot etgan o‘qituvchi Jeyms Ferlongni xotirlayotgan maktab jamoasi va o‘quvchilar.

Foto: PA
Xitoyning Uxan shahrida universitet bitiruvchilari diplom topshirish marosimida selfi tushmoqda.

Foto: Getty Images
Xitoyning Shenyan shahrida avtomobili yukxonasidan mahsulot olib sotayotgan savdogar.

Foto: Getty Images
Fransiyaning Parij shahridagi musiqa bayramida o‘ynab yurgan Braziliya ko‘cha orkestri.

Foto: Getty Images
Hindistonning Kochi shahrida niqob taqib yurgan yo‘lovchilar

Foto: AP Photo
Londonda Uinston Cherchillga atab qo‘yilgan haykal tagida kitob o‘qib turgan namoyishchi

Foto: Reuters
Falastinda Xalqaro yoga kunida ushbu foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanayotgan odamlar.

Foto: Reuters
Ingliz ishqibozlari qayta ochilgan futbol bo‘yicha chempionatni tomosha qilmoqda.

Foto: Reuters
Rossiyaning Omsk viloyatida joylashgan Okunevo qishlog‘ida yozgi quyosh tutilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosim.

Foto: Reuters
Ukrainaning Lvov shahri shifoxonalaridan birida tibbiyot xodimlariga atab chizilgan surat.

Foto: Reuters
Jurnalistlarga mehmonlarga avtomat yordamida xizmat ko‘rsatiladigan kelajak yemakxonalari namoyish qilindi.

Foto: Reuters
Bangkoklik ayol quyosh tutilishini tomosha qilmoqda.

Foto: Reuters
Ukrainaning Kiyev shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi oqibatlari.

Foto: Reuters