Toshkent shahrida blokpostlar qayta tiklanadi

«Xususan, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan «qizil» hududlar blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi», deyiladi komissiya qarorida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrining barcha tumanlari «sariq» hududlar toifasiga kiritilgan.

Lekin aholi orasida kasallanish holatlari aniqlangan mahallalar epidemiologik xavf bo‘yicha «qizil» toifaga kiritilgan:

Mirobod tumani: «Fayzobod»;

Mirzo-Ulug‘bek tumani: X. Abdullayev nomidagi, «Oqqo‘rg‘on», «Avayxon», «Yangi Avayxon», «Sho‘rtepa»;

Yunusobod tumani: «Tiklanish», «Turkiston», «Xalkabog‘», «Iftixor», «Nurmakon», «Oqtepa», «Sharq haqiqati», «Sobirobod»;

Yashnobod tumani: «Ko‘ksaroy», «Qo‘yliqobod», «Go‘zal», «Mashinasozlar», «Tong», «Katta-Qo‘yliq», «O‘rta Masjid»;

Uchtepa tumani: «Bog‘iston», «Nishabarik», «Degrez», «Taqachi», «Hayratiy», «O‘rikzor», «Ko‘rkamobod»;

Yakkasaroy tumani: «Muqimiy», «Qushbegi»;

Shayxontohur tumani: «Shodlik», O. Xo‘jayev nomidagi, «Bog‘ko‘cha», «Kamolon», «Chaqar», «Janggoh», «Yangi Beltepa», «Gulobod», «Zafarobod», «Eshonguzar»;

Sergeli tumani: «Habibiy», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», 8- va 9- sanoat hududlari;

Olmazor tumani: «Shodiyona», «Istiqbol», «Nihol», «Yoshlik», «Chig‘atoy Oqtepa», «Gulzor», «Ahil», «Guruch ariq», «Islom ota», «Chuqursoy», «Sebzor», «Xonchorbog‘», «Qushtut», «Eski shahar», «Universitet», Mirzo G‘olib nomidagi, «Alloy», «Olimpiya», «Shifokorlar»;

Bektemir tumani: «Binokor», «Abay»;

Chilonzor tumani: «Qatortol», «Katta Qozirobod», «Katta Chilonzor-2», «Guliston», «Yakka tut».

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli hududda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgar ekanliklari belgilangan.

Bunda tegishli hududda karantin talablarini ta’minlamaganligi tufayli fuqarolarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

O‘zbekistonda 22 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 43 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakat bo‘ylab kasallanganlar soni 6401 nafarga yetdi. Shuningdek, shu vaqtgacha 4450 kishi kasallikdan tuzalib chiqqan, 19 kishi vafot etgan. Ayni vaqtda shifoxonalarda 1998 nafar bemor davolanmoqda.

Янгиликлар