Andijonda salkam 160 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

Andijonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari tomonidan 159, 3 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, qiymati 326,4 million so‘m bo‘lgan “gipoxlorid kalsiy 65%” dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 million so‘mga (o‘rtacha bozor narxidan 159,3 million so‘mga qimmat) sotib olib, katta miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- va 205-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Parkentda “SES” xodimlarining davlatga salkam 400 mi so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangan edi.

Янгиликлар