AQShda yana 64,5 mingdan ortiq fuqaroda koronavirus qayd etildi

Jons Hopkins universiteti ma‘lumotlariga ko‘ra, AQShda 22-iyul kuni 64,5 mingdan ortiq fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, mingdan ortiq odam vafot etgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda koronavirus infeksiyasining 64 534 ta yangi holati aniqlangan, 1082 nafar bemor vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin AQShda 56 mingdan ortiq fuqaroda infeksiya va 372 nafar fuqaroda o‘lim holatlari qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 3 902 135 nafarga yetgan. Ulardan 1,1 milliondan ortig‘i sog‘aygan. Vafot etganlar 142 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

Avvalroq dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 15 milliondan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар