Farg‘onada bir kechada 13 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 18 531 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 13 tasi Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2020-yil 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, infeksiyadan sog‘ayganlar soni 180 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlar uchun 10 mingga yaqin zaxira o‘rin-joy tayyorlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Janubiy Koreyadan koronavirusni aniqlovchi 4 mingta ekspress-test olib kelingani ma’lum qilingan.

Янгиликлар