O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 18 700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 172 nafarga ko‘payib, 18 703 nafarga yetdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

  •  84 nafari Surxondaryo viloyatida;
  •  65 nafari Toshkent shahrida;
  •  16 nafari Namangan viloyatida;
  •  7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytga qadar Toshkent shahrida 48 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar hamda Jizzax viloyatida ham 7 nafar — jami 130 nafar bemor tuzaldi. Mamlakatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 10 002 nafarga yetdi.

Shuningdek, 8 601 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.