Sarimsoqpiyoz damlamasi koronavirusga davo bo‘ladimi? Immunolog-infeksionist javob berdi

“Milliy” telekanalidagi “Tez yordam” dasturining 22-iyul kungi sonida immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva sarimsoqpiyoz damlamasi koronavirusga davo bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Kadr: YouTube

Ta’kidlanishicha, sarimsoqpiyoz tarkibida selen moddasi mavjud. Ayni paytda koronavirus profilaktikasi uchun sink (rux) va selen moddalari tavsiya etilmoqda.

“Sarimsoqpiyoz tarkibida nafaqat selen, balki boshqa moddalar ham bor. Agar bemorning oshqozonida muammo bo‘lsa, selen uni kuydirib yuborib, og‘ir holatlarga  olib kelishi mumkin”, — deydi Aziza Xo‘jayeva.

Avvalroq virusolog Ra’no Qosimova va Dildora Sekler koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatilishi haqda ma’lumot bergandi. Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 dan yuqori bo‘lishidir.

Янгиликлар