Andijonda 25-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” 25-iyul, shanba kuni Andijon viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Foto: “Uzbek-travel.com”
Qayd etilishicha, viloyatda havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 19—24, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.