Andijonda yana 15 kishida koronavirus aniqlandi

Andijonda 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 taga oshib, 869 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Viloyatda ayni paytga qadar 553 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan, 1 nafar bemor vafot etgan. Hozirda 64 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Qarshi shahrida koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak va Toshkentda 54 yoshli ayol vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 868 nafarni tashkil etgan. Ayni paytga qadar 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Hozirda 8617 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар