Andijonda yana 35 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Andijonda 24-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 taga oshib, 904 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar bemor tuzalib, koronavirusdan sog‘ayganlar soni 598 kishiga yetgan. Hozirda 306 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 24-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 taga oshib, 19 179 nafarni tashkil etgan. Ayni paytga qadar 10 203 kishi sog‘aygan, 8872 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар