“Asal va kunjut aralashmasi koronavirusni davolovchi xususiyatga ega emas” — Immunolog-infeksionist

“Milliy” telekanalidagi “Tez yordam” dasturining 22-iyul kungi sonida immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva asal va kunjut aralashmasi koronavirusni davolovchi xususiyatga ega emasligini ta’kidladi.

Kadr: YouTube

Ma’lum qilinishicha, kunjut va asal aralashmasini ovqat sifatida iste’mol qilish mumkin. Faqatgina allergiya, qandli diabet mavjud bo‘lmasa, ushbu aralashmani iste’mol qilish tavsiya etiladi.

“Ammo uni dori sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga asal tavsiya etilmaydi. Asalda botulizm kasalligi saqlanadi va u bola immunitetiga ta’sir qila oladi”, — deydi Aziza Xo‘jayeva.

Avvalroq virusolog Ra’no Qosimova va Dildora Sekler koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatilishi haqda ma’lumot bergandi. Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 dan yuqori bo‘lishidir.

Янгиликлар