Namanganda 11 nafar kadastr rahbar va xodimi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi raisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkonini beruvchi Telegram boti ishga tushirilgan bo‘lib, unga kelib tushayotgan murojaatlar asosida fuqaro va tadbirkorlarning muammolari o‘rganilmoqda, deb xabar qiladi qo‘mita matbuot xizmati.

Xabarda yozilishicha, murojaatlarni o‘rganish jarayonida lavozimini suiiste’mol qilib, vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan, bu sohada xalqqa xizmat qilish emas, balki boshqa maqsadda yurgan rahbar va xodimlar yaqqol bilinib qolgan.

Natijada Namangan viloyatida “Davergeodezkadastr” qo‘mita tizimidagi 11 nafar rahbar va xodimlar ishida ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, qo‘mitada tozalash ishlari boshlangan edi. 13-iyul kuni 7 ta rahbar lavozimini suiiste’mol qilgani, xalqning muammolariga chuqur o‘rganib, yechim topmagani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

Avvalroq “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimdagi 9 nafar rahbarni bo‘shatgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар