O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining 65 kishilik jamoasi mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklab, “Janob Prezident” filmidagi taronani jonli ijro etdi. Bu haqda “Filarmoniya.uz” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bugun murakkab davr. U xalqdan birlik va hamjihatlikni talab etadi. Pandemiyaga qaramay, Siz shijoat, mehnatsevarlik va matonat namunasini ko‘rsatmoqdasiz va butun xalqimiz buning guvohi bo‘lmoqda. Shu kunlarda Sizga naqadar qiyin bo‘layotganini his qilib, atrofingizda biz, hammamiz, birlashishga tayyormiz! Karantin qoidalariga amal qilgan holda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining 65 kishilik jamoasi ‘Janob Prezident’ filmidagi taronani jonli ijro etishda ishtirok etdi.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!” — deyiladi tabriknomada.

Avvalroq Rossiya, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар