O‘zbekistonda o‘tgan bir sutkada 489 kishida koronavirus aniqlandi, 277 nafar bemor sog‘aydi

O‘zbekistonda 22-iyul soat 23:30 dan 23-iyul soat 23:30 ga qadar 489 kishi koronavirus yuqtirib oldi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 868 nafarga yetdi.

Infografika: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Yangi kasallanish holatlari

  • 54 nafari xorijdan kelib, karantinga olinganlar orasida;
  • 435 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Yangi o‘lim holatlari

  • Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli R.Sh. (erkak)da 19-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. Unga koronavirus infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K. (ayol)da 18-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va umumiy ahvoli og‘irligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan. Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.
  • Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 54 yoshli S.G. (ayol)da 17-iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 64 yoshli A.A. (erkak)da koronavirus tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yangi sog‘ayish holatlari

  • Toshkent shahrida 98 nafar;
  • Samarqand viloyatida 48 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 43 nafar;
  • Namangan viloyatida 28 nafar;
  • Navoiy viloyatida 27 nafar;
  • Jizzax viloyatida 18 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar — jami 277 nafar bemor tuzaldi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar mukofotlangani haqda xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda 13-iyuldan 1-avgustga qadar qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari joriy etilgan. Vazirlar Mahkamasining 15-iyul kungi 329-sonli farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlangani rasman tan olingan.

Янгиликлар