Jalaquduqda 209 nafar tibbiyot xodimi rag‘batlantirildi (foto)

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 24-iyul kuni bir guruh shifokorlar rag‘batlantirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tuman hokimi Furqat Buzrukov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, pandemiya boshlangandan buyon mehnat qilayotgan 209 nafar tibbiyot xodimini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlagan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Asakada yangi tez yordam mashinalari haydovchiligiga 20 nafar tibbiyot kolleji bitiruvchisi ishga olingani, Andijon shahridagi tibbiyot muassasalariga jami 10 dona “Damas” topshirilgani haqda xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov 16-iyul kuni andijonliklarga qilgan murojaatida viloyatda koronavirusga qarshi dori-darmon vositalari bilan bog‘liq hech qanday muammo mavjud emasligini ma’lum qilgandi.

Andijonda 25-iyul kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 904 kishiga yetgan. Ayni paytga qadar 604 nafar fuqaro sog‘aygan, 1 kishi vafot etgan. Hozirda 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida davo choralari ko‘rilmoqda.