Samarqand shahar hokimi OTM yotoqxonalarida koronavirus bemorlari uchun tashkil etilgan sharoitlar bilan tanishdi

Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar uchun tayyorlangan yotoqxonalar va tug‘ruq majmuasidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Boburmirzo Oblaqulov universitet yotoqxonalari binosini to‘liq ichimlik suvi, gaz, elektr toki va boshqa turdagi barcha sharoitlar bilan ta’minlab qo‘yish hamda bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘satmalar bergan.

Ta’kidlanishicha, shahar hokimi Samarqand shahar 1-tug‘ruqxonada koronavirus aniqlangan bemorlarning davolanishi uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan tanishgan. Shuningdek, yaqinda keltirilgan sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparatlarning tayyorlangan holati bilan tanishib, zaxiralab qo‘yilgan 61 turdagi dori vositalarini ko‘zdan kechirgan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Shahar hokimning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bemorlarini davolash hamda infeksiya kasalligida gumon qilingan fuqarolar uchun 7 ta tibbiyot muassasasi, 2 ta mehmonxona va ta’lim dargohlarining yotoqxonalarida 5561 o‘rinli joy hozirlangan.

Avvalroq Samarqanddagi “Registon” mehmonxonasida koronavirusga gumon qilinganlarni saqlash va taqsimlash markazi tashkil etilgani, xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro Namangandagi yangi karantin hududiga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар