Samarqandda 25-iyul kuni havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
“O‘zgidromet” 25-iyul, shanba kuni Samarqand viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Foto: “Unsplash.com”
Qayd etilishicha, shu kuni havo biroz bulutli boʻlib, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 20—25, kunduzi 35—40 daraja issiq boʻladi.