Andijonda 22 kishi ishtirokidagi bezorilikning oldi olindi

Andijon viloyati Xonobod shahrida 22 nafar shaxs bezorilikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqida Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 22-iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar “Kampirrovot” MFYda yashovchi 36 yoshli O.M. farzandi 16 yoshli voyaga yetmagan A.N. bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qoladi. Ota farzandini Xonobod shahar Obi-hayot ko‘chasiga olib borib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar — 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P.ning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi A.N. bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘raydi. Shundan so‘ng O.M. dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A. bilan o‘g‘lini birga-bir urishtirgan.

Janjal vaqtida M.A.ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M. farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng M.A. va O.A. ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorini chaqirib, ota-bolani urmoqchi bo‘lib, Xonobod shahar “Kampirrovot” MFYda to‘plangan. Bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Andijonda bezorilik qilib, fuqaroning “Samsung A-10” telefonini olib qo‘ygan uch nafar o‘smir qo‘lga olingan edi. Shuningdek, Andijon IIB pichoqbozlik aks etgan videotasvir yuzasidan munosabat bildirgan edi.

Янгиликлар