Mo‘ynoqda 2020-yil boshidan buyon salkam 8 ming gektar yer o‘zlashtirildi (foto)

Mo‘ynoq tumanida 2020-yil boshidan hozirga qadar “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan 8 ming gektarga yaqin yer o‘zlashtirilib, turli ko‘chatlar ekildi. Bu haqda “Tez News”ga Prezident Xalq qabulxonasi xabar berdi.

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi

Ma’lum qilinishicha, 1160 gektarga beda, 1201 gektarga makkajo‘xori, 129 gektarga kungaboqar, 104 gektarga qovun-tarvuz, 283 gektarga kunjut, 1295 gektarga sholi, 123 gektarga jo‘xori va 16 gektarga mosh ekilib, ayni paytda ayrim ekinlarni yig‘ib olish va ayrimlariga parvarish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi

Xususan, bedaning 900 gektari o‘rib olingan bo‘lib, undan chorvachilik xo‘jaliklari uchun jami 410 tonna silos va 11,350 dona presslar jamlangan. Hozirda qolgan ekinlarning 14 gektarida dorilash ishlari olib borilmoqda. Ekilgan mahsulotlarning aksariyati hosil berishga yetib qolgan. Ushbu tadbirlarga 46 ta yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikalari jalb etilgan.

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi

Avvalroq Namanganda yoshlar bandligini ta’minlash uchun 30 sotixdan o‘rmon xo‘jaligi yerlari ajratilgani hamda Andijonda 600 gektar yer maydoni bog‘dorchilikka qiziqqan yoshlarga ajratilishi belgilangani haqda xabar berilgandi. Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubiga 2020-yilning qish-bahor mavsumida 1,2 million gektar o‘rmon barpo etilgani xabar qilingan.

Янгиликлар