Farg‘onada yana 31 kishida koronavirus aniqlandi

Farg‘onada 26-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 nafarga oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Undan tashqari, 83 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida qayd etilgan.

Shuningdek, viloyatda 11 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi.

Eslatib o‘tamiz, 26-iyul soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140 kishiga oshib, 20 531 nafarni tashkil etmoqda.